Jonli MaxWay · 22 filialda ishlab turibdi

Kameralaringiz allaqachon ko'radi.Endi tushunadi ham.

Mehmon kirdi, navbat uzaydi, stol bo‘shadi — kameralaringiz buni allaqachon ko‘radi. SERVO uni menejeringiz telefoniga signal qilib yuboradi: o‘z serveringizda, yangi uskunasiz.

Bitta filial · uch kun · nol xarajat

On-premise · sizning serveringizda Mavjud kameralar · yangi uskuna yo'q Surat saqlanmaydi · ma'lumot binodan chiqmaydi
0
MaxWay filiali
0
AI modul
24/7
nazorat · inson omilisiz
0
shartnomadan jonli ishga

JonliHaqiqiy yozuv · MaxWay Roison · kirish kamerasiMaket emas: ishlab turgan tizim ekrani

Bugungi smenangiz
Muammo

248 000 so‘m yozildi.
Qolgan hammasi — yozilmadi.

Bu chek — biznesingiz o‘sha daqiqa haqida saqlab qolgan yagona yozuv. Mehmon kim edi, qancha kutdi, yana qaytadimi — hech qayerda yo‘q. Restoran egasining sakkiz savoli har kuni aynan shu bo‘sh qatorlardan tug‘iladi.

Filial · Zal A02.07.202621:06
CHEK № 1042
Stol07
Mehmon3
Lavash×296 000
Shashlik×1110 000
Choy×342 000
JAMI248 000so‘m
To‘landi · naqd
Tizim yozmagani5 chekka tushmagan qator
Mehmon kim edi?Yozilmagan
Qancha kutdi?Yozilmagan
Ofitsiant qachon keldi?Yozilmagan
Nechanchi tashrifi edi?Yozilmagan
Qaytadimi?Yozilmagan

Tizimingiz saqlagan yagona yozuv

8

savolning bittasiga ham bugun raqam bilan javob yo‘q.

«O‘zi yo‘qning — ko‘zi yo‘q.»

Restoran egasining sakkiz savoli

Bugungi javobingiz

Savolni bosing — nega javobi yo‘qligini ko‘rsatamiz

Dalil

Oddiy ish kuni. Yozuvlar o‘zi gapiradi.

MaxWay filiallarida yozib olingan. Kadrdagi sana, vaqt va kamera raqami o‘zgartirilmagan — to‘xtating, kattalashtiring, tekshiring.

JonliKamera 02 · 17.06.2026 · 12:39Tahrirlanmagan yozuv

Eshikdan kirgan har bir mehmon tanib olinadi va toifasi o‘sha zahoti yangilanadi.

To‘rt yozuv — birini tanlang
Bitta mehmonni tanish0,31s · jami
Yuz vektoriBazada topildiProfil ochildi

Mehmon kassaga yetguncha — darajasi kassir ekranida.

41ms
Bitta kadr tahlili

11 modul — bitta kadr, bitta server.

9
Bir vaqtda faol kuzatuv

Gavjum soatda ham hech kim tushib qolmaydi.

22%
Ikki filialga boradigan mehmon

Har beshinchidan ko‘prog‘i — boshqa filialingizning doimiy mijozi.

O‘LCHANGANMaxWay · 22 filialQolgani — model
Sizning restoraningiz

Restoraningiz qayerda pul yo'qotmoqda?

Sakkiz savol — har biriga mavjud kameralaringiz javob beradi. Menyuni tanlang: bitta restoran, bitta kun, har raqam o'z hisobi bilan.

Mijozlar

Eshikdan kim kirdi va kim qaysi soatda keladi?

Chilonzor · bugunDemo ma'lumot
Eshikdan kirgan mehmon488sanagich 531 · xodimlar −43
Qaytgan mehmon185kirganlarning 38% i
Oltin mehmon298 va undan ko'p tashrif
Kechki stolda o'rtacha3,2kishi · tushlikda 2,2
Daraja · bugun kirganlar
  • Yangi30362%1 tashrif
  • Bronza10722%2–4 tashrif
  • Kumush4910%5–7 tashrif
  • Oltin296%8+ tashrif
Yosh × soat · kim qachon keladi
Kim bilan keladi · kun qismi bo'yichayakkajuftoilaguruh
Tushlik46%30%2,2
Tushdan keyin34%36%20%2,4
Kechki16%30%38%16%3,2

Tushlikda asosiy mehmon — 25–34 yoshlilar, yakka yoki juft. Kechqurun 18–24 yoshlilar ulushi eng ko'p o'sadi va stollarning 38% i oilaviy bo'ladi. Mehmonlarning 51% i ayollar.

Qaror

Tushlikka tez va yakka menyu, kechki ovqatga oilaviy stol va to'plam qo'ying — Oltin mehmon esa kirishdayoq xostga ko'rinadi.

01Mijozni tanish02Mijoz segmentlari04Kunlik oqim

Bularning pulga aylangan narxi — pastda, sizning kunlik mehmoningiz va o'rtacha chekingizdan.

Narxini hisoblash
Konsoldan keyingi qadam

Hisobotni yuklang — javobini oling

Konsol kechagi hisobotlarni Excelda chiqaradi. Savolingizni yozing — SERVO tahlilchisi o'sha fayllarni o'qib javob beradi: bitta raqam, uning dalili va bitta keyingi qadam.

SERVODEMO

Kecha stollar nega bo'sh turdi?

Mehmon ketgach stol darrov tozalanmadi: kechada 86 daqiqa stol sotilmay turdi va aynan o'sha paytda 5 ta guruh kirib keldi.

  • 86daqiqa stol ortiqcha bo'sh turdi — me'yor 5 daqiqa
  • 5guruh aynan o'sha daqiqalarda kirib keldi
  • 4mehmon shu kechada joy topmadi
Nima sabab bo'ldi va nima rad etildi

Kecha stollar jami 141 daqiqa tozalanmagan holda turdi; 5 daqiqalik xizmat me'yoridan ortig'i — 86 daqiqa. O'rtacha o'tirish 64 daqiqa, ya'ni bu ~4 ta mehmon; shu sur'atda oyiga ~120 ta.

Mexanizm. 20:18 da zalda 3 ta stol tozalanmagan, 3 tasi bo'sh edi. Eng uzog'i — 14-stol: 28 daqiqa. Signalning o'zi bor — konsol «09-stol bo'shadi» deb yozadi; masala xabarning kimgadir yetib borishida.

  • Ma'lumot rad etadi
  • «Zal to'la edi» — yo'q: o'sha daqiqada 3 ta stol umuman bo'sh, 3 tasi tozalanmagan edi.
  • «Ofitsiantlar ulgurmadi» — kechada 68 ta o'tirish bo'ldi, aylanma 3,4×; sekinlashgani — 11 ta tozalash, ya'ni xabar kechikkan joylar.

Xulosa. Bu xodimlar soni emas, xabar masalasi: stol bo'shagani bilan tozalangani orasidagi daqiqalar sotilmay qoladi.

Qanday o'lchanadi. 14 kun: stol tozalanish vaqtining medianasi o'lchanadi — 5 daqiqadan oshgan hollar soni nolga intilishi kerak; nazorat ko'rsatkichi — kutgan guruhlar soni.

Keyingi qadam

Stol bo'shashi bilan zal menejerining telefoniga signal ketsin va tozalash 5 daqiqada yopilsin — «09-stol bo'shadi» xabari konsolda allaqachon bor.

  • KimZal menejeri · tozalash xodimi
  • QachonErtadan, 18:00–23:00
  • Kutilayotgan natijaKechada ~4 mehmon, oyiga ~120
O'qilgan fayllar:stollar.xlsxtashriflar.xlsx

Tizim

O‘n bitta modul. Bitta tizim.

Har bir modul zaldagi bitta savolga javob beradi. Hammasi bitta ma’lumot qatlamida ishlaydi — shuning uchun tizim navbat borligini emas, nega borligini aytadi.

  • 05Stollar bandligi03Mijozlar oqimi08Xizmat tezligi

    «Soat 20:10 da navbat uch kishi edi — chunki 7-, 9- va 12-stol to‘qqiz daqiqa yig‘ilmay turdi.»

  • 01Mijozni tanish02Mijoz segmentlari10AI bashorat

    «Oltin mehmoningiz o‘n to‘rt kunlik ritmidan chiqdi — uchinchi haftadir kelmadi.»

  • 11Xavfsizlik va insident09Tozalik va stollar07Xodim KPI

    «Fritur to‘rt daqiqa nazoratsiz qoldi — ikki xodim bir vaqtda tanaffusga chiqqan edi.»

Uchala jumlaning ham har biri o‘zining uchta moduliga muhtoj: ikkitasi bilan ular umuman tug‘ilmaydi. Navbat sanagich navbat borligini aytadi; nega borligini faqat stol, oqim va xizmat soati bitta ma’lumot qatlamida bo‘lgan tizim ayta oladi.

Modullar katalogi

11modul · kartani bosingModel
Eshik · tanish01Mijozni tanishTashrif tarixi0,31 sbitta mehmonni tanish
Baza · toifalar bo‘yicha02Mijoz segmentlariDoimiy va yangi+23%doimiy mehmonning cheki
Tashrif · soat bo‘yicha03Mijozlar oqimiEng gavjum soatlar−20%navbatdan ketish
Tashrif · yosh guruhi04Kunlik oqimYosh va jins5 109kunlik mehmon · MaxWay
Zal · 12 stol05Stollar bandligiStol bo‘sh turgan vaqt19 → 4daqiqa — stol yig‘ish vaqti
Zona × soat06Stollar issiqlik xaritasiKvadrat metr daromadi11%o‘lik zona bandligi
Mehmon yonidagi vaqt07Xodim KPIOfitsiant qayerda−9%samarasiz ish haqi
Birinchi kontaktgacha08Xizmat tezligiXizmat tezligi30–60 ssoha me’yori
Smena tekshiruvi09Tozalik va stollarOshxona gigiyenasi0:12buzilishdan eslatmagacha
Oqim · o‘lchangan va bashorat10AI bashoratErtangi talab−30%oziq-ovqat isrofi
Kuzatuvdagi zonalar11Xavfsizlik va insidentYong‘in va janjal0:10hodisadan signalgacha
Pul

Uchta raqam. Bitta javob.

Kuniga nechta mehmon, o‘rtacha chek va filial soni — boshqa hech narsa kerak emas. Har bir qatorning hisobi ochiq turadi.

60–1 600
25 000–400 000
1–30
Kunlik aylanmangiz48 mln so‘mmehmon × chek × filial
Bugun qayerdan chiqib ketadiKunigaSERVO qaytaradi

Kunlik mehmonning 0,50% i × o‘rtacha chek

Navbat chegaradan oshganda menejerga signal — stol oldindan tayyorlanadi

03 · Mijozlar oqimi
Jami, har kuniaylanmangizning 2,6% i — chekda yozilmagan joyda1,3 mln so‘m399 ming so‘m
Oyiga qaytadi
12mln so‘m / oy

Oyiga to‘laysiz 3,1mln so‘m · Sof qoladi 8,8mln so‘m · 3,8×

Nolga chiqadiasosiy 1,0 oydaehtiyotkor 2,6 oyda+95 mln so‘m0 oy3 oy6 oy9 oy12 oy
2,6%aylanmangiz — ko‘rinmay ketadi0,2%aylanmangiz — platforma narxi
Yil davomida qaytadi
+136,6
Obuna · 12 oy
−37,8
Ulash · bir marta
−3,8
Birinchi yil sof
+95,0 mln so‘m
Bitta filialda bepul o‘lchab beramiz

30 kun ichida kunlik hisobot ishlamasa — to‘lov to‘liq qaytariladi.

Siz aslida nima bilan solishtiryapsiz5,0yana bitta menejer4,0sodiqlik ilovasi va integratsiya1,5yashirin xaridor · oyiga3,1SERVO · barcha o‘n bir modulHar biri yuqoridagi sakkiz qatorning faqat bir qismini yopadi. Toshkent bozori bo‘yicha baholash.
Modelning taxminlari — hammasi ochiq
  • Yo‘qotish ulushlari — SERVO ning soha bo‘yicha baholovi; pilotda sizning filialingizning haqiqiy o‘lchovlari bilan almashtiriladi.
  • «SERVO qaytaradi» ustuni — har bir qatorning yopiladigan qismi (20–70%). Signal har bir ketgan mehmonni to‘xtatmaydi, o‘lik zona esa joylashuvni o‘zgartirishni talab qiladi.
  • Platforma narxi: standart paket uchun bir filialga oyiga $250, kurs 12 600 so‘m. Haqiqiy narx talabga qarab beriladi.
  • Birinchi oy 55%, ikkinchisi 85% kuch bilan ishlaydi — chegaralar oshxonaga moslashguncha. Nolga chiqish shu bilan hisoblanadi.
  • Bir martalik ulash: kamera auditi, server, POS ulanishi va jamoaga trening — bir filialga $300.
  • Ehtiyotkor ssenariy: har bir qatorning yopiladigan qismi ikki baravar kam deb olinadi — grafikdagi punktir chiziq shu.
Nima o‘zgarmaydiKameralar almashtirilmaydiXodim qisqarmaydiIsh jarayoni buzilmaydi
Pilot

Shu raqamlar bilan hisob oling.

8,8mln so‘moyiga qaytadigan summa
3,8×har 1 so‘m to‘lovga

1 filial · 420 mehmon/kun · ø115 ming so‘m chek

Raqamlar yuqoridagi jadvaldan: sakkizta teshikning har biri alohida hisoblanadi, platforma to‘lovi ayiriladi. Hisob-kitobni ko‘rish

Odatda bir ish kunida javob beramiz. Spam yubormaymiz.

Ma’lumot qayerda qoladi

Yuz saqlanmaydi. Faqat raqam qoladi.

Tizim mehmonni tanish uchun suratga muhtoj emas. Kadrdan matematik vektor olinadi, kadrning o‘zi esa o‘sha zahoti o‘chiriladi — taqqoslash vektor bilan ishlaydi.

SIZNING RESTORANINGIZKameralarkadrkadr o‘chadiEdge serveroflayn, 24/7faqat vektorPanelingizBu chiziqdan yuz o‘tmaydiChet eldagi bulutYuz · video
1Kamera kadr oladi2Vektorga aylanadiKadr o‘chiriladi0 saqlangan surat
Bitta kadrning umriBulutli yetkazib beruvchiSERVO
AI qayerda ishlaydiYetkazib beruvchi buluti, chet eldaSizning serveringiz, restoran ichida
Video qayerga ketadiYuklanadi yoki tashqariga uzatiladiBinoni tark etmaydi
Mehmon kim sifatida yoziladiBulutdagi shaxsiy profilIsmsiz — faqat ID va sodiqlik darajasi
O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonuniSaqlash muddati shartnomada — ishga tushirishdan oldin yuristlaringiz bilan kelishiladiAnonim rejim: tanish o‘chadi, qolgan modullar ishlayveradiAudit jurnali: kim, qachon, qaysi ma’lumotni ochgani yoziladi
Joriy etish rejasi

Uch kunda ishga tushadi. Sizdan — ikki soat.

Har kun ikki qatorda: o‘sha kun sizdan nima ketadi va kun oxirida sizda nima qoladi. Uch kunning birontasida zal yopilmaydi.

  • 3 kunshartnomadan jonli ishgacha
  • 2 soatsizning vaqtingiz — hammasi
  • 0yangi kamera — mavjudlari ishlaydi
  1. 1-kun

    Audit va o‘rnatish

    Sizdan
    Kameralarga kirish
    Sizda
    Kamera qamrovi xaritasi va o‘rnatilgan edge server
  2. 2-kun

    Sozlash va integratsiya

    Sizdan
    Hech narsa
    Sizda
    POS / 1C bilan sinxron tizim, oshxonangizga sozlangan SOP chegaralari
  3. 3-kun

    O‘qitish va jonli ishga

    Sizdan
    Ikki soat
    Sizda
    O‘sha kechqurun — birinchi kunlik hisobot. O‘sha kundan — 24/7 NOC.
Ishga tushgandan keyin
  • 24/7 NOC — tizimni biz kuzatamiz
  • Har kechqurun kunlik hisobot
  • 30 kunda hisobot ishlamasa — to‘lov qaytadi

Qaysi filialdan boshlaymiz?

Eng band filialdan — u yerda raqamlar eng tez ko‘rinadi. Bir oydan keyin ikkinchisini yonma-yon qo‘yasiz.

  • Birinchi suhbat — 15 daqiqa
  • Sizdan: kamera ro‘yxati va ikkita raqam
  • Sotuv bosimi yo‘q
  • Jamoaga — bitta trening, sizga — hech qanday qo‘shimcha ish