Bu vaqt uchun ham oylik to'laysiz.
- 2 soat 40 daq1 xodim · 1 kun
- 58 soat1 xodim · 1 oy≈ 7 ish kuni yo'q
- 900 mln so'm100 xodim · 1 yilehtiyotkor hisob · 15%
PULSE mavjud kameralaringizdan har bir xodimning ish vaqtini, tanaffusini va KPI sini o'lchaydi. Rahbar taxmin qilmaydi, xodim esa o'zini isbotlab yurmaydi — o'lchov hamma uchun bir xil.
| Xodim | Keldi | Holat | KPI |
|---|---|---|---|
| R. RaximovaKorxona 1 | 07:52 | ish o'rnida | 96 |
| S. SobirovKorxona 1 | 07:50 | ish o'rnida | 86 |
| A. AbdullayevKorxona 1 | 08:22+22 daq | ish o'rnida | 57 |
| X. ToshmatovKorxona 2 | 07:51 | tanaffusda | 71 |
| D. BoymurodovKorxona 1 | 07:55 | zonadan tashqarida | 81 |
| X. UmarovaKorxona 1 | — | bugun kelmagan | — |
HR dasturingiz xodim qachon kirgani va qachon chiqqanini biladi. Oradagi vaqtda u ish joyida bo'lganini — bilmaydi. Mana o'sha kun.
Tabeldagi farq: 0Haqiqiy farq: 2 soat 14 daq
Yaxshi ishlagan kishining mehnati ko'rinmaydi, nizoda esa «keldim» degan gapdan boshqa dalil yo'q.
Ikkala muammoning ildizi bitta: ishonchli, inson omilisiz o'lchov yo'q.
PULSE uni qanday o'lchaydiSakkiz savol — har biriga mavjud kameralaringiz javob beradi. To'rttasi rahbarniki, to'rttasi jamoaniki. Bitta korxona, bitta kun, har raqam o'z hisobi bilan.
Bugun kim o'z vaqtida keldi, kim kechikdi va nega?
7 xodim kechikdi — o'rtacha 18 daqiqa. Shundan 5 tasi Korxona 2 dan.
Kechikkan 7 kishidan 5 tasi — Korxona 2 dan. Bu shaxsiy intizom emas, smena boshlanishi yoki yo'l masalasiga o'xshaydi. Qolgan 83 xodim o'z vaqtida keldi va buni endi hech kim inkor qila olmaydi.
Kechikishni jarimadan emas, sababdan boshlang: bitta bo'limda takrorlanayotgan kechikish — smena boshlanishi yoki yo'l masalasi. Ketma-ket o'z vaqtida kelganlar reytingda o'zi ko'rinadi.
01Face ID davomatKonsol kunni Excelda chiqaradi. Savolingizni yozing — PULSE tahlilchisi o'sha fayllarni o'qib javob beradi: bitta raqam, uning dalili va bitta keyingi qadam. Yo'qotish har doim bo'lim yoki jadvalga qaratiladi, odamga emas; ism faqat rag'bat uchun aytiladi.
Kecha to'langan smenaning qanchasi ishga ketdi?
O'rtacha xodim 6:49 ishladi — smena 8:00 to'lanadi, ya'ni kuniga 1:11 boshqa narsaga ketdi.
Kelgan 94 xodim bo'yicha o'rtacha qayd etilgan ish vaqti 6:49, to'lanadigan smena 8:00 — farq 1:11, ya'ni 15%. Butun jamoada bu bir kunda 111 odam-soat, bitta xodim uchun oyiga ~26 soat. Eng katta ulush — ish zonasidan tashqarida o'tgan vaqt: 73 soat.
Mexanizm. Farq bitta katta yo'qotish emas, u kun bo'ylab tarqalgan: eng kattasi — ish zonasidan tashqarida o'tgan vaqt (73 soat), qolgani uch xil sababga bo'linadi. Turniket buni ko'rmaydi: u faqat kirish va chiqishni yozadi, oradagi vaqtni emas.
Xulosa. Yo'qolgan vaqt — jazo masalasi emas, jadval masalasi: kun ichidagi uzilish ko'rinmaguncha uni tuzatib bo'lmaydi.
Qanday o'lchanadi. 14 kun: o'rtacha qayd etilgan ish vaqti 6:49 dan o'sishi kuzatiladi; nazorat ko'rsatkichi — ortiqcha ishlangan 7 soatning kamayishi.
Hammasi bitta ma'lumot qatlamida ishlaydi: davomat KPI ga, KPI reytingga, reyting mukofotga ulanadi. Lentani sichqoncha bilan torting.
Yuz bo‘yicha davomat
0,3 s · tanishIsh joyidagi vaqt
540 o'lchov / kunHamma uchun bitta me’yor
me'yor + signalDiqqat va chetlanish
soatlik tahlilO‘zingiz belgilagan KPI
5 parametrXodim sahifasi
o'sish + mukofotTo‘xtagan uchastkalar
20 zonaSignal va ertangi yuklama
0:08 · signalPULSE ishlab turgan HR va tabel tizimingizdan keldi-ketdi ma'lumotini oladi va kameradagi haqiqiy ish vaqtini har bir xodimning yoniga qo'yadi. Yangi tizim emas — tabelingizda yangi ustun.
Keldi-ketdi vaqti HR tizimingizdan o'zi keladi. Qo'lda eksport ham, ikkinchi ro'yxat ham yo'q.
PULSE o'sha soatlar ichida xodim ish joyida bo'lgan vaqtni mavjud kameralarda o'lchaydi — serveringizda.
Farq har bir xodim yonida turadi. Rahbar yo'qolgan soatni ko'radi, yaxshi ishlagan xodim esa tabelda ko'rinmay qolgan mehnatini.
Integratsiya ishlab turgan HR platformasi bilan ulangan. Sizdagi tizim boshqacha bo'lsa, pilotdan oldin ulanishini birga tekshiramiz.
Xodimlar soni, o'rtacha oylik va yo'qolgan vaqt ulushi — boshqa hech narsa kerak emas. Har bir qatorning hisobi ochiq.
Yiliga qaytadi: 450 mln so'm
Ehtiyotkor ssenariyda ham kamida 225 mln so'm.
Jamoa uchun ham shu raqam: vaqt hammaga bir xil formulada o'lchanadi, yaxshi ishlagan kishining mehnati hisobotda ko'rinadi, mukofot fondi esa ballga qarab bo'linadi.
3 kunlik pilotni boshlashBu kafolat emas, ehtiyotkor baho. Sizning haqiqiy raqamingiz sinovda, o'z kameralaringizda o'lchanadi.
3 kunlik pilotda aynan shu ulush o‘lchanadi: turniket soati bilan kameradan o‘lchangan sof ish vaqti orasidagi farq. Hisobot sizda qoladi.
Agar tizim faqat rahbarga ishlasa — bu kuzatuv. PULSE ikki tomonga ishlaydi: rahbar haqiqiy rasmni ko'radi, xodim esa mehnati tanishlikka emas, o'lchovga qarab baholanishini biladi.
Har kun ikki qatorda: o'sha kun sizdan nima ketadi va kun oxirida sizda nima qoladi. Ish jarayoni to'xtamaydi.
Eng ko'p xodimli bo'limdan — farq o'sha yerda eng tez ko'rinadi. Bir oydan keyin ikkinchisini yonma-yon qo'yasiz.